Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi

Partiyamiz Denov tuman Kengashi deputati O‘.Xidirova “Surnaytepa” mahallasida joylashagan 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

← Roʻyxatga qaytish