Namgoni mahallasida 1,5 kilometr ichki yo‘l asfaltlashtirildi
Namgoni mahallasida 1,5 kilometr ichki yo‘l asfaltlashtirildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tashabbusi bilan Namgoni mahallasi hududidagi 1,5 kilometr avtomobil yo‘li asfaltlashtirildi.
Mazkur ishlar mahalla aholisining uzoq yillik murojaatlari asosida amalga oshirilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi qulayligini oshirish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va shinam harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Deputat tomonidan hududlarni obodonlashtirish va saylovchilar manfaatlarini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.