Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Xususan, “Istiqlol” mahallasida mahalla faollari, keksalar va mahalla yettiligi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda hududlarni rivojlantirish, aholi turmush sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.
O‘rganishlar davomida M.O‘razaliyeva tumanning Chaparashli qishlog‘ida joylashgan qishloq tibbiyot maskani faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, muassasaning moddiy-texnik bazasi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi.
Shuningdek, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida ikkinchi mavsum uchun saylovchilar manfaatiga xizmat qiladigan, hududlarni obod etish va aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan ustuvor loyihalar yuzasidan takliflar shakllantirildi.