Deputatimiz Andijon viloyatida o‘rganishlar olib bordi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Anvarjon Nurmatov viloyatining Izboskan tumanida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, mahallalar yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, energiya ta’minoti hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rgandi.

Dastlab, tumandagi “Solboshi” mahallasida “Tashabbusli budjet” loyihasining birinchi mavsumida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ko‘magida g‘oliblar qatoriga kirgan va ta’mirlangan ichki yo‘llarning sifati ko‘zdan kechirildi.

Jarayonda “Kuyganyor” mahallasida ilgari nafaqa olishga muhtoj oilalar qatorida bo‘lgan Oromgoh ko‘chasi, 111-uyda istiqomat qiluvchi A.Holmirzayev va 87-uyda yashovchi T.Imomov xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlar tashkil etildi. Bugungi kunda xonadon egalari mahalla yettiligi yordami bilan 20 million so‘mdan olingan kredit mablag‘lari evaziga hozirda daromadli oilalar qatoriga kirib, ehtiyojmand oilalar va mahalladagi jamoaviy ishlarga yordam berib kelayotganliklari o‘rganildi.

Shuningdek, deputatimiz “Izboskantumangaz” korxonasi mas’ullari bilan ham uchrashuv o‘tkazib, unda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da belgilangan topshiriqlar, energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish, xususiy investitsiyalarni keng jalb etish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va iste’molchilarni barqaror energiya ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati saylovchilarga tushuntirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish