Deputat so‘rovi amaliy natijaga aylandi

 

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari Davron Artikov “Shamshiroq” mahallasida o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida mahalla faollari K.Saipov ko‘chasida tabiiy gaz bosimining pastligi, ba’zi hollarda kechki paytdan tonggacha gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilishi haqida murojaatlar bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni ko‘chadagi gaz quvurlari ayrim joylarda yer ostida qolib ketgan hamda aholi yashash xonadonlari oldidan tartibsiz tarzda o‘tgan. Deputat gaz quvurlarini yer ustiga chiqarish, eskirgan quvurlarni yangilariga almashtirish va tarmoqlarni tartibli holatga keltirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan bog‘landi.

Natijada hududdagi eskirgan gaz quvurlari yangisiga almashtirilib, yer tagida qolib ketgan quvurlar yuzaga chiqarilib gaz ta’minotidagi muammolar bartaraf etildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish