Toshkent viloyatida “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Ohangaron shahridagi 4-son maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q. Qosimova, partiya Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i M. Nizomiddinov, viloyat kengashi raisi A. Umaraliyev, tuman-shahar kengashlari raislari va mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida partiya deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlari bilan tanishdilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish