Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Iroda Qodirova tuman tug‘uruq bo‘limida bo‘lib, 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Jumladan, ona va bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bo‘lajak onalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud tibbiy jihozlarning holati hamda ulardan samarali foydalanish darajasi o‘rganildi.
Shuningdek, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, issiqlik ta’minoti, xonalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ona hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.