Deputatimiz Rishton tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Zokirjon Zohidov “Qo‘shqayron” mahallasida bo‘lib, hududda yangi sport inshooti – stadion barpo etish loyihasi va mahalla kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Jarayonda 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining bugungi faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik bazasi, sinfxonalarning holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, zamonaviy loyiha asosida qurilgan 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilab borish hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

O‘rganishlar davomida deputatimiz “Qo‘shqayron” mahallasida tashkil etilgan “Mahalla servis markazi” faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mahalla faollari, tadbirkorlar va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jarayon fotolavhalarda

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish