Yozuvimizga ba’zi özgarişlar kirganini töğri tuşuniş muhim. Alifbomizga bunday özgarişlarni kiritiş haqidagi qonun kerak paytda qabul qilindi. Bu texnik özgariş emas, katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega tarixiy zaruriyatdir. Yozuv xalqning eng muhim ma’naviy qudratlaridan biri, u avlodlarni boğlaydi, tilning kelajagini belgilaydi.
Bugun davlat xizmatlari, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot şiddat bilan raqamlaşmoqda. Odamlar hujjatlarni onlayn rasmiylaştiradi, axborotni qidiruv tizimlaridan izlaydi, ma’lumotlar manbalaridan foydalanadi. Ba’zi murakkab belgilar sababli özbek tili bu jarayonlarda muayyan texnik tösiqlarga duç kelayotgan edi.
Alifboning xalqaro Unicode standartiga töliq moslaştirilişi ona tilimizning raqamli jarayonlarga integratsiya tezligini keskin oşiradi. Smartfonlar va kompyuterlarda yagona klaviatura standarti yaratiladi. Şunda matn qaysi qurilmada yozilsa ham – farqi yöq – bir xil körinadi va öqiladi.
Yangi, zamonaviy va qulay alifbo özbek tilining xalqaro darajaga çiqişiga ham keng yöl oçadi. Dunyo hamjamiyati, xorijlik investorlar va tilimizni örganuvçilar uçun özbek lotin yozuvi tuşunarli körinişga keladi. Bizning tilimizni örganiş osonlaşadi, şunga yaraşa qiziqiş ham köpayadi.
Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning ijtimoiy barqarorligi, intellektual salohiyati va siyosiy nufuzini oşirişga xizmat qiladigan kerakli özgarişlarni qöllab-quvvatlaydi.
Tölqin Töraxonov,
Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi
rais örinbosari.