Sifatli tibbiyot – ijtimoiy himoya tayançi
Sifatli tibbiyot – ijtimoiy himoya tayançi

 

Ijtimoiy davlatda inson qadr-qimmati va farovonligini ta’minlaş bilan birga, uning salomatligi masalasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Davlat rahbarining tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan ötkazgan uçraşuvida yurtimizda inson salomatligini mustahkamlaş borasida oldinda turgan ulkan vazifalar belgilab olindi.

Qayd etiş kerakki, keyingi ön yilda mamlakatimiz tibbiyot tizimida katta özgarişlar amalga oşirildi. 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 ming şifo örni yaratildi, keng imkoniyatlar yaratilişi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşdi.

Ilgari köplab bemorlar murakkab jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş uçun xorijga borişga majbur bölardi. Bugun bunday imkoniyatlar mamlakatimizning özida ham yaratilmoqda. Xususan, tuğma yurak nuqsonlarini davolaş, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari yurtimizda ötkazilmoqda. Albatta, bu natijalar tibbiyotimiz zamonaviylaşgani, mutaxassislar malakasining oşgani hamda sohaga qaratilayotgan e’tibor samarasidir.

Davlat rahbari tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini alohida ta’kidladi. Darhaqiqat, bugun xalqimiz tibbiyot xodimlarini nafaqat malakali mutaxassislar, balki oğir damlarda bemorlarga umid bağişlaydigan, dardiga malham böladigan, salomatlikni asraydigan fidoyi insonlar sifatida qadrlaşni örgandi. Bu ham bir katta özgariş.

Har bir insonning sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati uning daromadi yoki ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, kafolatlanişi muhim, albatta. Ayniqsa, kam daromadli oilalar, keksalar va nogironligi bölgan şaxslar sifatli tibbiy xizmatdan foydalanişi ijtimoiy adolatning muhim şarti hisoblanadi.

Muloqotda bugungi kunda 11 ta davlat oliy ta’lim muassasasida yiliga 15 ming nafar şifokor tayyorlanayotgani, biroq barça bitiruvçilar ham iş boşlagan birinçi kundanoq bemorlar bilan mustaqil işlaşga tayyor emasligi ta’kidlandi. Şuning uçun tibbiyot ta’limida nazariy bilim bilan birga, amaliy könikmalarni ham kuçaytiriş közda tutilmoqda. Kelgusi yildan talabalar haftasiga uç kun bemorlar bilan işlaşni örganişi, bitiruvçilar esa oxirgi öquv yilini töliq tibbiyot muassasasida amaliyot tarzida ötkazişi közda tutilmoqda.

Albatta, bu özgarişlar kelajakda malakali şifokorlar tayyorlaşga, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşirişga asos böladi. Zero, şifokorning bilimi va tajribasi inson hayoti bilan boğliq. Şu ma’noda, tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş va ular uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş ham muhimdir.

Uçraşuvda tibbiyot xodimlarining ayrim toifalariga qöşimça ustamalar tölaş belgilangani nafaqat soha vakillarining mehnatini rağbatlantirişga, şu bilan birga, ularning ijtimoiy himoyasi va turmuş farovonligini ta’minlaşga xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihat: endi şifoxona va poliklinikalar faoliyatiga aholining özi baho beriş mexanizmi joriy etiladi. Şifokor va hamşiralar iş haqini KPI körsatkiçlari bilan boğlaşda aholining tibbiy xizmatdan qoniqiş darajasiga alohida e’tibor qaratilişi belgilanmoqda. Biz mazkur taşabbusni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Sababi, bu mexanizm tibbiyot muassasalari mas’uliyatini oşirib, şifokor va hamşiralar bemorlarning murojaatlariga quloq tutişiga, ular bilan yanada köproq muloqot qilişiga zamin yaratadi.

Şu bilan birga, uçraşuvda «Tibbiyot novatorlari» milliy hamjamiyatining taşkil etilişi qayd etildi. Bu, albatta, soha rivoji uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Uşbu platforma talabalar, yoş şifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoşlarni birlaştirib, ilğor bilim va tajribalarni ommalaştirişga xizmat qiladi.

Bir söz bilan aytganda, endi tibbiyotdagi islohotlar faqat yangi tartiblar yoki raqamlar bilan emas, balki odamlarning salomatligi, tibbiy xizmatdan roziligi va şifokorga bölgan işonçi bilan baholanadi.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlarida tibbiy xizmatlar sifatini ayniqsa quyi tizimda, mahallalar darajasida yaxşilaşga alohida e’tibor qaratilgan. Tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bölib ötgan muloqotda yangragan taşabbuslar, belgilangan vazifalar ayni şu maqsadga ham hamohang hisoblanadi. Umuman olganda, sifatli hamda hamma uçun birdek oçiq tibbiyot tizimi nafaqat aholi salomatligini muhofazalaşga, balki jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlaş va inson qadrini uluğlaşga xizmat qiladi.

 

Uluğbek Inoyatov,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi

Özbekiston XDP fraksiyasi rahbari.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish