Raqamli tahdidlarga qarşi muştarak sa’y-harakatlar
Raqamli tahdidlarga qarşi muştarak sa’y-harakatlar

 

XXI asrda texnologik taraqqiyot davlatlar qudrati, iqtisodiy raqobatbardoşlik va xalqaro munosabatlar tizimini belgilab berayotgan asosiy omillardan biriga aylandi. Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanişi insoniyat oldida ilgari mavjud bölmagan imkoniyatlar bilan bir qatorda, yangi va murakkab tahdidlarni ham yuzaga çiqarmoqda. Bugun sun’iy intellektdan iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, davlat boşqaruvi va ilm-fan sohalarida samarali foydalaniş imkoniyatlari kengayib borayotgan bir şaroitda uning axborot manipulatsiyasi va boşqa noqonuniy maqsadlarda qöllanilişi xalqaro xavfsizlikning dolzarb muammosiga aylanmoqda.

Bunday şaroitda sun’iy intellektni faqat texnologik taraqqiyot vositasi sifatida emas, balki davlat va jamiyat xavfsizligi, inson huquqlari, ijtimoiy barqarorlik hamda xalqaro hamkorlik bilan uzviy boğliq strategik yönaliş sifatida baholaş zarurati paydo bölmoqda.

Ostona şahrida Aqaba jarayoni doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun’iy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuvi aynan şu nuqtai nazardan alohida siyosiy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar mamlakatimizning raqamli taraqqiyot, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik masalalaridagi strategik pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.

Mazkur uçraşuvning siyosiy ahamiyatini faqat navbatdagi xalqaro muloqot ötkazilgani bilan baholaş töğri bölmaydi. Unda mintaqaviy xavfsizlik tuşunçasining mazmunan kengayib borayotgani, an’anaviy tahdidlar bilan bir qatorda raqamli makonda şakllanayotgan yangi xavflarga ham birgalikda javob beriş zarurati kun tartibiga qöyildi.

Aqaba jarayonining özi xalqaro xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning öziga xos maydoni hisoblanadi. Uning asosiy xususiyati muayyan xavfsizlik muammolari yuzasidan tajriba almaşiş va amaliy yeçimlar işlab çiqiş uçun moslaşuvçan muloqot maydoni vazifasini bajarişidadir.

Ostonadagi uçraşuvda esa mazkur hamkorlikning yangi yönalişi — sun’iy intellekt xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Zero, bugun sun’iy intellekt yordamida raqamli makondagi tahdidlar tobora maqsadli, tezkor va transçegaraviy xususiyat kasb etmoqda. Şu sababli, ularga qarşi kuraşişni faqat alohida davlatning milliy imkoniyatlari doirasida taşkil etiş yetarli emas. Prezidentmiz taşabussining muhim siyosiy mazmuni ham aynan şunda, ya’ni, zamonaviy xavfsizlikni ta’minlaşda texnologik imkoniyatlar, inson kapitali, ma’rifat va xalqaro hamkorlikni yagona strategik yondaşuv asosida birlaştiriş zarurligidadir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot» taşabbusi nutqning eng muhim konseptual ğoyalaridan biri böldi. Bu yondaşuvning ahamiyati şundaki, texnologik taraqqiyotning natijadorligi faqat yaratilgan dasturlar, avtomatlaştirilgan tizimlar yoki iqtisodiy körsatkiçlar bilan emas, balki ularning inson hayotiga, uning huquq va manfaatlariga, jamiyat farovonligiga körsatayotgan ta’siri bilan baholanişi lozim.

Bugun sun’iy intellekt ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ilmiy tadqiqotlarni jadallaştiriş, davlat xizmatlarining sifatini oşiriş va işlab çiqariş samaradorligini yuksaltiriş uçun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq, texnologiyalardan foydalanişning özi taraqqiyotni kafolatlamaydi. Ularning qanday maqsadlarda, qaysi qadriyatlar va huquqiy tamoyillar asosida qöllanilişi hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Prezidentimiz ilgari surgan taşabbus aynan şu jihatdan muhim. U texnologik taraqqiyotni insonparvarlik, ma’rifat va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari bilan uyğunlaştirişni nazarda tutadi.

Şu nuqtai nazardan, raqamli savodxonlikni oşiriş, mediamadaniyat va tanqidiy fikrlaş könikmalarini şakllantiriş, yoşlarni mustaqil tahlil qilişga örgatiş xavfsizlik siyosatining muhim tarkibiy qismiga aylanişi kerak.

Holbuki, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va axborotni tanqidiy baholay oladigan jamiyat taşqi mafkuraviy ta’sirlarga nisbatan ança barqaror böladi.

Ma’lumki, sun’iy intellekt texnologiyalari davlat çegaralarini tan olmaydi. Bir mamlakatda yaratilgan algoritm, axborot platformasi yoki raqamli mahsulot boşqa davlatlarning iqtisodiyoti, axborot makoni va ijtimoiy hayotiga ham ta’sir körsatişi mumkin. Şu sababli uşbu sohadagi xavflarni faqat milliy qonunçilik doirasida hal etiş imkoniyati çeklangan. Bunda xalqaro huquqiy standartlar, davlatlar örtasidagi axborot almaşinuvi, texnologik hamkorlik va umumiy mas’uliyat tamoyillarini şakllantiriş muhimdir.

Özbekiston BMTning Sun’iy intellektni boşqariş masalalari böyiça global muloqotini qöllab-quvvatlaşi mamlakatimizning sun’iy intellektni boşqariş masalalarida xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş tarafdori ekanini körsatadi.

Şu jumladan, parlamentlar oldida ham bu borada bir qator muhim vazifalar turibdi. Parlamentlararo hamkorlik doirasida sun’iy intellektdan foydalaniş bilan boğliq xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş, raqamli xavfsizlik sohasida samarali huquqiy mexanizmlarni yaratiş va ilğor tajribalarni almaşiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaşga munosib hissa qöşadi.

 

Firdavs ŞARIPOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,

ÖzXDP fraksiyasi rahbari örinbosari.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish