«Xavfsiz boğça»: Nukusdagi maktabgaça ta’lim taşkilotlarida örganiş işlari davom etmoqda

 

Nukus şahridagi «Qizilqum» mahallasi hududida joylaşgan 17-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida «Xavfsiz boğça» loyihasi doirasida navbatdagi örganiş tadbiri ötkazildi.

Unda xalq deputatlari Nukus şahar Kengaşi deputati, partiya deputatlik guruhi a’zosi Q. Qalxorazov, Özbekiston XDP Nukus şahar kengaşi raisi N. Kişanov, xalq deputatlari Nukus şahar Kengaşi kotibiyati boş mutaxassisi M. Aytmuratova hamda soha mutaxassislari iştirok etdi.

Örganiş davomida maktabgaça ta’lim taşkiloti binosi yangidan qurilgani va yangi inventarlar bilan ta’minlanayotgani qayd etildi. Şuningdek, isitiş tizimi uçun zamonaviy qozonxonalar örnatilgan, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlaş maqsadida elektr generatori joylaştirilgan.

Bundan taşqari, yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişi, elektr uskunalarining texnik holati hamda bolalar xavfsizligini ta’minlaş uçun yaratilgan şaroitlar örganildi.

Özbekiston XDP bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlaş, maktabgaça ta’lim taşkilotlarida sifatli ta’lim-tarbiya uçun zarur şaroitlarni yaratişni muhim ijtimoiy vazifa deb hisoblaydi. Şu bois bunday muassasalardagi xavfsizlik talablari va mavjud şaroitlarni örganiş, aniqlangan masalalarga e’tibor qaratiş deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish