Xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyat Kengaşidagi Özbekiston XDP deputatlik guruhi taşabbusi bilan Qarşi şahridagi Qaşqadaryo ilğor kasbiy ta’lim mahorat texnikumida “Kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini ta’minlaş böyiça davlat siyosati ijrosi: natijalar va ustuvor vazifalar” mavzusida jamoatçilik eşituvi ötkazildi.
Tadbir viloyat kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi, viloyat kasbiy ta’lim boş boşqarmasi hamda Markaziy bankning Qaşqadaryo viloyati boş boşqarmasi hamkorligida taşkil etildi. Unda mahalliy Kengaşlar deputatlari, tegişli boşqarma va taşkilotlar mas’ullari, şahar va tuman bandlik bölimlari vakillari, texnikum öqituvçilari, talabalar hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Jamoatçilik eşituvida viloyatda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş, daromad manbalarini kengaytiriş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda erişilgan natijalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda viloyatda 164 ming nafar fuqaro rasmiy iş bilan ta’minlangan, 354 ming 828 nafar aholining daromadini oşirişga kömaklaşilgan. Şuningdek, aholiga yer ajratiş, imtiyozli kredit va subsidiyalar orqali tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, mahallalarni muayyan yönalişlarga ixtisoslaştiriş hamda banklar bilan hamkorlikda bandlikni ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Muhokamalarda kelgusidagi ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan, işsiz fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga öqitiş, özini özi band qilgan fuqarolar faoliyatini kengaytiriş, mikrosanoat markazlarini taşkil etiş, imtiyozli kreditlar ajratiş, norasmiy bandlikni qisqartiriş hamda subsidiyalardan maqsadli foydalaniş ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş masalalari körib çiqildi.
Özbekiston XDP uçun kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini ta’minlaş, fuqarolarning barqaror daromad manbalariga ega bölişi hamda ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş muhim ijtimoiy-siyosiy vazifalardan hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan, bandlik dasturlari ijrosini muhokama qiliş, ajratilayotgan mablağ va subsidiyalardan maqsadli foydalanilişini jamoatçilik nazorati orqali kuzatib boriş muhim ahamiyatga ega.
Eşituv yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalarni tegişli taşkilotlar tomonidan körib çiqiş, ular yuzasidan amaliy çoralar belgilaş hamda amalga oşirilgan işlar haqida jamoatçilikni muntazam xabardor qilib boriş zarurligi ta’kidlandi.