QАRSHI SHАHRIDА UY-JOY MUАMMOSI HАL ETILMOQDА
QАRSHI SHАHRIDА UY-JOY MUАMMOSI HАL ETILMOQDА

Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzolari tomonidan partiya elektorati manfaatlarini himoyalash boʼyicha muayyan natijalarga erishmoqda.

Rashid Murtazaev, Oʼzbekiston XDP Qarshi shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi raisining oʼrinbosari:

– Qarshi shahrida uy-joy dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalaga yechim topish maqsadida shahardagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shahar aholisining koʼpgina qismiga koʼp qavatli arzonlashtirilgan, kredit asosida beriladigan, 20 yil muddatda toʼlov sharti bilan uy-joylar berildi.

Аmmo kredit olishga imkoniyati boʼlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlar, boquvchisini yoʼqotgan oilalarga uy-joy qurish uchun 0,2 sotixli yer berish masalasi Qarshi shahar Kengashi sessiyasiga olib chiqildi.

2018 yil 23 noyabrdagi X-2693/11-sonli qaroriga asosan 525 ta fuqaroga 0,2 sotixli yer uchastkasi oʼlchab berildi. Qarorda 15 yil muddat ichida yerni sotish, birovga sovgʼa qilish, natarius orqali birovga berishi cheklab qoʼyildi.

 Shaharda mavjud boʼlgan 62 ta mahalla fuqarolar yigʼinidagi uy-joyga muhtoj fuqarolar oʼrganib chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda 1112 ta fuqaro hujjat topshirgan. Hujjatlar oʼrganish asosida xalq deputatlari Qarshi shahar kengashining tegishli qarorlariga asosan jami 665 ta xonadonga 0.2 sotixli yer ajratildi.

2019 yil sentyabrь oyidan boshlab xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputatlari, jumladan, OʼzXDP partiya guruhi deputatlari ham boshlagan ishlarini davom ettirib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini aniqlab, koʼp-qavatli yoki ikki sotixli yer boʼyicha ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

OʼzXDP ning Saylovoldi dasturida belgilangan masalalarni izchil xalq orasida targʼibot qilish bilan birgalikda ehtiyojmand aholi muammolarini yechishda saylov okrugida ibratli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Biz mazkur masalada har doim xalqimizni qoʼllab-quvvatlashga, ularning ogʼirini yengil qilishga harakat qilamiz, deydi partiyamiz deputatlari.

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi

Deputatlik birlashmalarining ishini muvofiqlashtirish

va Jamoatchilik qabulxonlari bilan ishlash boʼlimi

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish