IMZO TOʼPLАSH QАNDАY KETMOQDА?
IMZO TOʼPLАSH QАNDАY KETMOQDА?

Oʼzbekiston XPD Toshkent viloyat tashkilotlari saylovoldi tayyorgarlik ishlariga alohida maʼsuliyat bilan yondashmoqda.

— 3200 nafar saylovchining imzosini yigʼishimiz zarur, — deydi Toshkent viloyat partiya kengashi raisi Sayyora Fayzieva. –Imzo varaqalarini toʼldirish tartibi va bu borada qatʼiy amal qilinishi lozim boʼlgan jihatlar saylovchilarga tushuntirilmoqda. Qonuchilikka muvofiq, saylovchilar imzosini toʼplash ish, oʼqish, yashash joyida, saylov oldi tadbirlarida shuningdek, tashviqot yuritish va imzo toʼplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib borilmoqda.

— Imzo yigʼish jarayonida faol, oʼz ishida tashabbus koʼrsatgan partiyamiz aʼzolari kuchiga tayanyapmiz. Xotin-qizlar va yoshlar, hududlardagi boshlangʼich tashkilotlarimiz bizga asosiy tayanch boʼlmoqda, — deydi Piskent tuman partiya kengashi raisi Dilbar Komilova. — Saylov kodeksida belgilanganidek, joriy yilgi saylovlarda imzo yigʼishda ham qator yangiliklar joriy etilgan. Jumladan, imzo varaqasiga maʼlumot kiritayotgan shaxs bira toʼla beshta partiya uchun ham imzo qoʼyishi mumkin. Mazkur oʼzgarishlar va saylov qonunchiligiga oid boshqa maʼlumotlar aholiga atroflicha tushuntirilib borilyapti.

— Belgilangan muddatlarda imzoni yigʼib olish uchun faollik talab etiladi, — deydi Toshkent tuman partiya kengashi raisi Gavhar Mirzaraximova. — Shu maqsadda hududiy partiya tashkilotlari qoshida ishchi guruhlari tashkil etildi. Ular saylovchilar imzolarini toʼplash jarayoni uchun masʼul etib belgilandi. Imzolarni oʼz vaqtida toʼplash masalasi belgilangan talablarga muvofiq ravishda samarali tashkil etilmoqda.

Zilola Ubaydullaeva,
OʼzXDP Toshkent viloyat kengashi
Matbuot kotibi.

Teglar

Saylov-2019
← Roʻyxatga qaytish