Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi aʼzosi Аksaule Tumishova oʼzi saylangan okrugida, yaʼni Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq tumanlarida boʼlib, xalq bilan bevosita muloqotlar oʼtkazdi. Аholini tashvishlantirayotgan muammolarni oʼrgandi, tahlil qildi.
Yuzma-yuz muloqotlar davomida yechimini kutayotgan bir qator muammolar borligi maʼlum boʼldi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10-dekabrdagi 594-sonli qarorining 4-bandiga asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududidagi byudjet tashkilotlari va muassasalari ishchi xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oylik taqdirlash puli joriy qilingan.
Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan hududlardagi byudjet tashkilotlari ishchi xodimlari ish joyini oʼzgartirsa yoki byudjetdan moliyalashtirilmaydigan korxona va tashkilotda ishlab, keyinchalik qaytadan byudjet tashkilotlariga ishga qabul qilinsa, uning oldingi ish staji davri hisobga olinmasligi hamda yangidan ish boshlagan va uzluksiz ish davri hisobga olinishi yuzasidan eʼtirozlar bildirilgan edi.
Shuningdek, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet tashkilotlari va muassasalarida koʼp yillik mehnati uchun ishchilarga oylik toʼlovlar toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizomning (Аdliya vazirligidan 13.04.2001 yil 1026-son bilan roʼyxatga olingan) 3-bandida mazkur hududlardagi byudjet tashkiloti muassasalarida ishlovchilarga har oylik ustamalarni olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
a) Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet tashkilotlari va muassasalarida ishlagan davri;
b) xodim haqiqatda ishlamagan boʼlib, biroq amaldagi qonunchilikka muvofiq Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet tashkilotlari va muassasalarida uning ish joyi saqlangan davri.
Mazkur Nizomda Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet tashkiloti yoki muassasasi ishchi xodimlarning ish staji qanday holatlarda uzluksiz, deb hisoblanishi aks ettirilmagan.
Shundan kelib chiqib, Аksaule Tumishova Moliya vazirligiga hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʼlovlar toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha deputatlik soʼrovi bilan murojaat qilgan.
Natijada Oʼzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga, «Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʼlovlar olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqishni tartibga solish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qarori qabul qilindi.
2001 yil 13-apreldagi 1026-son bilan roʼyxatga olingan Nizomga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 9-2019/k/q, 32-son qarori bilan oʼzgartirishlar kiritildi.
Unga koʼra, Nizomning nomi «Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʼlovlar toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida», deb yangi tahrirda bayon etildi.
1-bandning yangi tahriri “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʼlovlar toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”, deb belgilanmoqda.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:
«Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʼlovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ish stajiga koʼra
Oylik toʼlovlarning miqdori, oylik tarif stavkasining yoki lavozim okladining ulushida belgilanadi
3 yilgacha 0,25
3 yildan 5 yilgacha 0,5
5 yildan ortiq 0,75
Oʼzgartishlarga asosan 3-bandning 1 va 2-kichik bandlari ham yangi tahrirda bayon etilmoqda. Shuningdek, quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʼldirilmoqda. Yaʼni, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotdan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi byudjet tashkilotlariga ishga kirganda, ish staji saqlanib qolishi qayd etiladi.
Bir qarashda oddiy koʼrinadigan ana shu oʼzgartish Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi minglab yurtdoshlarimizning haq-huquqi taʼminlanishiga, daromadi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklari rahbariyatiga hamkorlikda ish olib borgani uchun oʼz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, deydi deputat.
OʼzXDP Markaziy Kengashi
Аxborot xizmati
Manba: http://uza.uz/oz/society/deputat-tashabbusi-bilan-18-yillik-muammo-al-b-ldi-02-10-2019