Xalq deputatlari Аndijon viloyat Kengashidagi partiya guruhi tashabbusi bilan joriy yil 6-sentyabrь kuni “Sogʼliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi toʼgʼrisidagi masala xalq deputatlari Аndijon viloyat Kengashidagi “Ijtimoiy–madaniy rivojlanish masalalari” doimiy komissiya yigʼilishida koʼrib chiqildi.
Yigʼilishda partiya guruhi aʼzosi Аndijon tumanidagi “Omad-97” fermer xoʼjaligi rahbari, doimiy komissiya aʼzosi, deputat O.Homidova qishloq hududlarida QVP va QOPlarni optimallashtirish maqsadida, baʼzi QVPlar faoliyati toʼxtatilganligi odamlarning kayfiyatiga salbiy taʼsir koʼrsatayotganligi, aslida yaxshi maqsad koʼzlangani haqida fikr bildirdi.
Lekin 2-3 ta QVP oʼrniga yangi tashkil etilgan qishloq oilaviy poliklinikalari, “Oʼzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi hujjatlarda odamlar uchun 2-3 km.dan uzoq boʼlmasligi koʼrsatilgan boʼlsa-da, aslida aylanma yoʼllar orqali borilishi, doimiy transport qatnovi yoʼlga qoʼyilmaganligi sababidan oddiy fuqarolarga, ayniqsa ogʼirroq kasalga chalingan, har kuni qatnashi lozim boʼlganlarga uzoqlik qilayotganligi haqida gapirib, mazkur masalada bugungi kunda viloyatdaning qishloq hududlarida faoliyat olib borayotgan QVP va QOP ish faoliyatini koʼrib chiqish va aholiga tibbiy xizmat koʼrsatish sifatini oshirish maqsadida viloyat tibbiyot birlashmasi rahbariga soʼrov bilan murojaat etganligi haqida toʼxtaldi.
Yigʼilishda viloyatda 2019 yil mahalliy dastur boʼyicha 150 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etish va faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan boʼlib, shahar va tumanlardan jami 138 nafar talabgor tadbirkor roʼyxati shakllantirilgan boʼlib, ulardan 72 ta xususiy tibbiyot muassasasi hamda davlat koʼchmas mulk obʼektlaridan 8 ta, jami 80 ta xususiy tibbiyot muassasasi 59 ta ambulator va 21 ta statsionar tashkil etilishi belgilanganligi, mazkur masalani oʼz vaqtida ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda masalani navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Mazkur masala 2019-yil 9-sentyabr kuni xalq deputatlari Аndijon viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi, tegishli qaror qabul qilindi. Qarorda investitsiya dasturi boʼyicha deyarli 68 mlrd soʼm, “Obod qishloq” dasturi doirasida 17 mlrd. soʼmdan ortiq, mahalliy byudjet mablagʼlari evaziga 1,5 mlrd. soʼm mablagʼ sarflanishi koʼzda tutilganligi, shaxarlar va tumanlar hokimliklariga xususiy tibbiyot muassasalari qurish istagida boʼlgan tadbirkorlarga boʼsh turgan yer maydonlari ajratish masalasida byurokratik toʼsiqlar boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik, ularning arizalarini belgilangan muddatlarda koʼrib chikish va ularga har tomonlama yordam koʼrsatish choralarini koʼrish vazifasi topshirilgan.
Doimiy komissiyalar raislari, barcha deputatlarga xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari bilan birgalikda xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etish istagida boʼlgan hamda tashkil etayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʼrganib borish va hal etishga koʼmaklashish, tuman, shaharda hal etish imkoni boʼlmagan muammolarni xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari yigʼilishlariga kiritish vazifasi topshirilgan.
Mazkur karorning bajarilishini nazorat kilish “Ijtimoiy-madaniy rivojlaiish masalalari” doimiy komissiyasi raisi, Xalq demokratik partiyasining viloyat kengashi rahbari А.Nurmatov zimmasiga yuklatilgan.
Bu masala partiyaning Saylovoldi dasturi ijrosiga hamohangdir.
Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi
Deputatlik birlashmalarining ishini muvofiqlashtirish
va Jamoatchilik qabulxonlari bilan ishlash boʼlimi.