SURXONDАRYOLIK SPORTCHI QIZLАR XАLQ DEMOKRАTIK PАRTIYASINI TАNLАSHDI
SURXONDАRYOLIK SPORTCHI QIZLАR XАLQ DEMOKRАTIK PАRTIYASINI TАNLАSHDI

Mengdona Chorieva,

milliy kurash boʼyicha Oʼzbekiston chempioni,

Termiz davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulьteti birinchi bosqich talabasi:

– Qaysi partiyaga aʼzo boʼlishni har bir fuqaroning oʼzi belgilaydi.

Sportchi boʼlsam ham siyosiy jaaryonlarga qiziqaman. Аnchadan beri biron-bir siyosiy partiyaga aʼzo boʼlish haqida oʼylab yurgan edim. Ularning faoliyatini kuzatdim, tadbirlarida ishtirok etdim.

Mamlakatimizdada faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar ichidan men aynan Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasini tanladim. Partiyaning aholi ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʼyicha ilgari surayotgan gʼoyalari, bu borada olib borayotgan amaliy ishlari menga maʼqul boʼldi.

Yaqinda Muruvvat, Saxovat va Mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchi yolgʼiz keksalar, ota-ona qaramogʼidan mahrum bolalar, mehnatga layoqatsiz nogironligi boʼlgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar deputatlik nazorati orqali oʼrganib chiqildi. Bu bejizga emas ekan. Keyin bilsam, partiyaning yangi dasturi va Saylovoldi dasturi loyihasiga shu boʼyicha taklif kiritilayotgan ekan. Joylardagi haqiqiy ahvolni, sharoitni oʼrganib, odamlar bilan uchrashib, real vaziyatga toʼgʼri yondashib, shu asosida taklif kiritish samarali natija berishi aniq. Shundan ham bilish mumkinki, partiya faoliyatida amaliy saʼy-harakatlar ustuvorlik qilmoqda.

Xalq demokratik partiyasining targʼibot tadbirlari ham har doimgidan boshqacha oʼtmoqda.

 Iroda Mamashaeva,

kurash boʼyicha Oʼzbekiston chempioni,

Termiz davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulьteti ikkinchi bosqich talabasi:

– Oʼzbekistonda faoliyat koʼrsatayotgan har bir siyosiy partiyaning oʼz tutgan yoʼli va jamiyat rivojida oʼrni bor, albatta. Bu partiyalar ichida eng tajribali partiya hisoblanadigan Xalq demokratik partiyasining ijtimoiy himoyaga, xalqning turmush darajasini oshirishga qaratilgan Saylovoldi dasturi menda katta qiziqish uygʼotdi. Negaki, mamalakat rivojida ijtimoiy masalalarning ahamiyati katta.

Partiyaning yoshlar va xotin-qizlar bandligi, siyosiy faolligini oshirish, kam taʼmilangan aholi qatlamlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan takliflari maʼqul boʼldi. Oʼylashimcha, hech bir rivojlanish strategiyasi ijtimoiy sohani chetlab oʼta olmaydi.

Xalq demokratik partiyasining safida turib, odamlarning muammolarini, ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etishda, oʼz mehnatim va bilimlarimni ayamay, faol boʼlishga intilaman. Kelgusida Xalq demokratik partiyasi safidaligim deputat, siyosatchi ayol boʼlishdek orzularimni amalga oshirishdagi dastlabki qadam boʼladi, deb oʼylayman.

 Lobar Xurramova,

Milliy kurash va dzyudo boʼyicha Oʼzbekiston chempioni:

– Barcha siyosiy partiyalar faoliyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borayapman. Xalq demokratik partiyasi fuqarolarni oʼylantirib kelayotgan qator ijtimoiy masalalarni koʼtaryapti.

Partiya faollari koʼtarib chiqqan masala – dabdababozliklarga chek qoʼyish maqsadida Toʼy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʼishlangan tadbirlar oʼtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida parlament qaror qabul qilgani ham meni quvontirdi. Ushbu qarordan soʼng koʼpchilik ota-onalarning yelkasidan togʼ agʼdarilgandek boʼldi, nazarimda.

Xalq demokratik partiyasi aholining sogʼliqni saqlash, taʼlim, bandlik masalasida ilgari surayotgan tashabbuslari ham menga manzur.

Аdolat Moʼminova,

Oʼzbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi

Matbuot kotibi.

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish