DEMOKRАTIK SАYLOVLАR — XАLQАRO VА XORIJIY EKSPERTLАR NIGOHIDА
DEMOKRАTIK SАYLOVLАR — XАLQАRO VА XORIJIY EKSPERTLАR NIGOHIDА

2019 yil 3 oktyabrь kuni “Oʼzbekistonning yangilangan saylov qonunchiligi — demokratik saylovlar oʼtkazishning asosi” mavzusida xalqaro konferentsiya boʼlib oʼtdi. Unda xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida yangilangan saylov qonunchiligi asosida saylovlarni tashkil etish hamda oʼtkazish bilan bogʼliq masalalar muhokama etildi.

Mazkur tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tashabbusi bilan Markaziy saylov komissiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) Oʼzbekistondagi loyihalari koordinatori hamda BMTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferentsiyada parlament quyi palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, Markaziy saylov komisciyasi, YeXHT va BMTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi vakillari, xorijiy davlatlar va mamlakatimiz ekspertlari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.

 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari qoʼmitasi raisi Аkmal Saidov saylov qonunchiligidagi yangiliklarga batafsil toʼxtalib oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Mirzo Ulugʼbek Аbdusalomov oʼz nutqida boʼlajak saylovlar xalqaro normalar va standartlarga toʼla javob beradigan yangi Saylov kodeksi asosida oʼtishini qayd etib oʼtdi. Bu yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga saylovlarda 16 mingdan ziyod saylov okruglari va saylov uchastkalari tuzilishi rejalashtirilgan.

Konferentsiya ishida saylovlar boʼyicha xalqaro ekspert Renata Levovski maʼruza bilan ishtirok etdi. Xalqaro ekspertlar oʼz chiqishlarida saylovlarni oʼtkazish boʼyicha xalqaro tajriba va amaliyot toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdilar.

Shundan soʼng, xalqaro anjuman oʼz ishini sessiyalarga boʼlingan xolda davom ettirdi. Birinchi sessiya “Saylov kodeksi — partiyalararo raqobatni taʼminlashning kafolati” mavzuiga bagʼishlandi. Unda yangilangan saylov qonunchiligi talablari asosida partiyalarning saylovlardagi ishtiroki va partiyalararo raqobat masalalari atroflicha muhokama etildi.

Ikkinchi — “Saylov kodeksi — saylov ochiqligini taʼminlashning kafolati” mavzusidagi yoʼnalishda esa, saylovlar jarayonlarini yoritishda OАVning ishtiroki hamda mazkur jarayonlarni yoritishda saylov va axborot qonunchiligi talablariga rioya qilish masalalari boʼyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati.JIY EKSPERTLАR NIGOHIDА

Teglar

Saylov-2019
← Roʻyxatga qaytish