Sergeli tumani 8 mavze 71-uy 16-xonadonda yashovchi Аziz Mamatxonov oʼzini oʼylantirayotgan masala yuzasidan xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzosi Shoira Solmetovaga murojaat qildi.
U uch xonali kvartirada 16 nafar istiqomat qilayotganini, bir nafar nogiron farzandi borligini maʼlum qildi. Аziz Mamatxonov huquqiy maslahat hamda amaliy yordamga ehtiyoji borligini bildirdi. Deputat zudlik bilan ishga kirishdi. Tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, Аzizbek bilan birga kerakli hujjatlarni toʼlab, tuman uy-joy komissiyasiga taqdim etishdi. Joriy yilda Аzizbekka boshlangʼich toʼlovsiz imtiyozli kredit asosida uy berildi.
— Bilasizmi, deputat Shoira Solmetova ishsizligimni bilib, mahallaga jamoatchilik asosida ishga oldi, — deydi Аzizbek Mamatxonov. — endi uyning keyingi toʼlovlarni oʼzim toʼlay olaman. Bundan juda xursandman.
Shu yilning oʼzida deputat Shoira Solmetova Muxammadyusuf Toshkenjonov hamda Veronika Makarovkayaga boshlangʼich toʼlovsiz ikki va bir xonali uy-joy topshirildi.
Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzosi oʼzi saylangan 16-Sohibqiron saylov okrugida istiqomat qilayotgan insonlarni nomma-nom taniydi. Ularni oʼy-fikrlari, oilaviy sharoiti hamda hudud aholisini oʼylantirayotgan masalalarni yaxshi biladi. Muammolar yechimi yuzasidan turli tashkilotlar eshigini taqqillatishdan choʼchimaydi. Shu boisdan ham mazkur saylov okrugidagi masalalar oʼz yechimini topmoqda.
Gulchehra Xolmatova,
Oʼzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi
Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash
va partiya guruhlarining ishini muvofiqlashtirish boʼlimi boshligʼi.