2019 yil 28 oktabr kuni poytaxtimizdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasining muhtasham Amir Temur zalida Xalq demokratik partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tadi.
Unda partiya Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublika, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlaridan ko‘rsatilgan delegatlar, partiyaning respublika miqyosidagi faollari, xayrixohlari hamda OAV vakillari ishtirok etadi.
Qurultoyda partiyaning bu yilgi saylovda ishtiroki bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama etiladi.
Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining 2015-2019 yillardagi faoliyati yuzasidan tayyorlangan hisobotlar ko‘rib chiqiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi delegatlar e’tiboriga taqdim etiladi.
Qurultoy kun tartibidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi
Axborot xizmati.