SАYYOR QАBULLАR ORQАLI MUАMMOLАR YECHIM TOPMOQDА
SАYYOR QАBULLАR ORQАLI MUАMMOLАR YECHIM TOPMOQDА

Oʼzbekiston XDP Toshkent shahar va Chilonzor tuman kengashi «Navbahor» mahallasida sayyor qabul oʼtkazdi. Unda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashidagi partiya guruhi aʼzosi Obid Gʼulomov aholini oʼylantirayotgan muammolarini oʼrgandi.

Dastlab, 15-uy 4-xonadonda yashovchi Gulnora Begalieva deputatga oʼzini qiynayotgan masala haqida maʼlum qildi. U bolalagidan astma kasalligi bilan ogʼriganini, jismoniy imkoniyati cheklangani sababli ishlay olmasligini aytdi. Doimiy daromad manbaiga ega boʼlmagani bois, ancha vaqtdan beri uyini taʼmirlamaganini bildirdi. Buning oqibatida u istiqomat qilayotgan xonadon xarob ahvolda ekanligini, taʼmirlash ishlarida koʼmak zarurligini kuyunib gapirdi. Deputat homiylik mablagʼlari asosida fuqaroga amaliy yordam beradigan boʼldi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida 9-uy, 12-xonadonda yashovchi Nigora Uralbaeva ishga joylashishda yordam soʼradi. Murojaatchining hujjatlari oʼrganildi. Deputat Xalq demokratik partiyasi Chilonzor tuman kengashi raisi Dono Mahmudova bilan maslahatlashib, tumandagi boʼsh ish oʼrinlari bilan tanishtirildi va masala hal etildi. Shu kuni mahalla raisi bilan birgalikda hudduddagi ehtiyojmand aholi vakillari holidan ham xabar olindi.

 

Oʼzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi

Аxborot xizmati.

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish