Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi OʼzXDP guruhi “Uy- joy sharoitini yaxshilashda muxtoj kam taʼminlangan fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash toʼgʼrisida”gi masalani oʼrganib chiqdi.
Partiya guruhi yigʼilishida 7 kishidan iborat ishchi gurux tuzildi. Ishchi gurux aʼzolari tomonidan komissiya raisligiga Piskent tuman kengashi deputati R. Ergasheva nomzodi tasdiqlandi.
Deputatlarning qayd etishicha, arzon koʼp kvartirali, yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar belgilangan muddatlarda qurib bitkazilmayapti. Bunday uy-joylar koʼpgina joylarda shoshma-shosharlik bilan sifatsiz qurilgan. Shuningdek, qurilish materiallaridan belgilangan meʼyorlar asosida foydalanilmaslik holatlari koʼzga tashlanmoqda. Mazkur uy-joylar atrofida zarur infratuzilma shakllanmagani aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʼlmoqda.
Oʼrganilgan masala yuzasidan Piskent tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari I.Inomjonov axborot berdi. Qayd etilishicha, 24 xonali koʼp qavatli uy joyning 12 ta xonadoni 2 xonali, 12 ta xonadoni 3 xonali uylardan iborat. 2 xonali uylar umumiy narxi 145 000 000 (bir yuz qirq besh million), 3 xonaligi 175 000 000 (bir yuz yetmish besh million) soʼm deb belgilangan. Xonadonni sotib oluvchilar umumiy summaning 10% toʼlovini amalga oshirishi ham mumkin.
Qurilayotgan uy-joylarni aholiga oʼz vaqtida va sifatli qilib yetkazish boʼyicha deputatlik nazoratini olib borish zarurligi taʼkidlandi hamda masalaning muhimligini inobatga olib xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi “Ijtimoiy –madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiya yigʼilishida” yigʼilishi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.
OʼzXDP Markaziy Kengashi
Аxborot xizmati.