O‘zXDP a'zosi hokim bo‘ldi
O‘zXDP a'zosi hokim bo‘ldi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zosi Muhammadmuso Orifjonovich Obidov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Muhammadmuso Obidov 1984-yil Marhamat tumanida tug‘ilgan, 2005-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida Markaziy bankning Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon bo‘limi boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

Yangi tayinlovga qadar esa Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani «Chorvador» mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lgan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faollari va a’zolari nomidan Muxamadmuso Obidovning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

 

 

 

Teglar

Faollarimiz davlat boshqaruvida
← Roʻyxatga qaytish