Murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy soha hamda sud-huquq masalalari tashkil etdi
Murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy soha hamda sud-huquq masalalari tashkil etdi

 

Joriy yilning 25-iyul kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rinbosari, OʼzXDPdan xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati Shuhrat Cho‘lliyev fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Senat devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur qabul jarayoniga 40 dan ortiq fuqarolar tashrif buyurib, o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qildi.

Qabul jarayonida 18 nafar fuqaroga murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yechimi yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. 22 nafar fuqaroning murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun normalari asosida tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy soha hamda sud-huquq masalalari tashkil etdi.

Senator tomonidan murojaatlarni to‘liq o‘rganib chiqish hamda natijalari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, hududlardagi masʼul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Axborot xizmati.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish