Vatan ostonadan boshlanadi

 

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Shahrisabz tuman kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Yoshlar Agentligi, N-harbiy qism va tuman "Vatanparvar" tashkiloti bilan hamkorlikda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shahrisabz Pedagogika kollejida ma'naviy-ma'rifi tadbir o‘tkazildi.

Unda so‘z olganlar harbiy xizmatchilar va yoshlarni tabriklab, qurolli kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Shuning bilan birga o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatan taqdiri uchun mas'uliyatli, vatanga va harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini oshirish to‘g‘risida ma'ruza qildilar.

Tadbir so‘nggida "N-harbiy qism" va "Vatanparvar" tashkiloti ishtirokchilarga o‘zlarining kasb mahoratlarini namoyish etishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish