Yoshlarga vatanparlik ruhidagi kitoblar tavsiya qilinadi
O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tumani kengashi tomonidan 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Axborot-resurs markazida partiya faollari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman partiya Kengashi raisi N. Elmurodova so‘zga chiqib, Vatan himoyachisi degan sharafli kasbni ulug‘lab, kindik qoni tomgan yurt tuprog‘ini sharaf bilan qo‘riqlayotgan harbiylarning turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi va yoshlarga vatanparlik ruhidagi kitoblarni tavsiya qilish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.
Davra suhbati so‘nggida Axborot-resurs markaziga partiya ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari berildi.