Maxsus texnikalar yo‘llarni tozalamoqda

 

Surxondaryo viloyat Muzrabot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xotamov Bahodir Chorshamievich boshchiligidagi jamoa anomal sovuq ob-havo sharoitida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta'minlash choralarini ko‘rmoqda.

Jumladan, qor yog‘ishidan oldin boshqarma tizimidagi korxonalar tomonidan maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan. Zarur miqdorda qum-tuz aralashma zaxirasi yaratilgan.

Tunda va kun davomida qor tozalovchi mashinalar yordamida yo‘llarni qordan tozalash ishlari amalga oshirilib, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida qum sepuvchi maxsus texnikalar yordamida yo‘lga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish