Aholiga zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston XDP Buloqboshi tuman kengashi raisi M. Xolmirzaeva va tuman Kengashi deputati X. Xolmatovalar "Ayollar bilan yuzma-yuz" loyihasi asosida Sharq yulduzi va Istiqlol MFYlaridagi xotin-qizlar holidan xabar olishdi.
Ularning muammolarini o‘rganib, bugungi kunda zarur bo‘lgan ko‘mir mahsulotlari yetkazib berishdi. Shuningdek, mahalladagi yo‘llarni qordan tozalash holatlarini ham nazorat qilib, kerakli yordamlar berildi.