Shtab kechayu-kunduz samarali faoliyat olib bormoqda
Shtab kechayu-kunduz samarali faoliyat olib bormoqda

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Deputat yordamchisi instituti joriy qilingan edi. Bugungi kunga kelib, ushbu institut deputatlarning o‘z saylovchilari bilan tizimli va samarali muloqotini tashkil qilishga qaratilgan parlamentning muhim bo‘g‘iniga aylandi. Deputat yordamchilari joylarda vujudga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, parlament vakolati doirasida ularni hal qilish yo‘nalishida e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirishmoqda. Ayniqsa, bugungi qahraton qish kunlarini betalofаt o‘tkazish borasida joylarda tashkil etilgan ishlarning ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda Deputat yordamchilari faollik ko‘rsatishmoqda.

Xuddi shunday faol deputat yordamchilaridan biri Obloqul Xoljigitov Samarqand viloyati Jomboy tumanida aholini gaz va elektr bilan ta'milanish holatini tizimli ravishda o‘rganib bormoqda. Bunda tuman hokimyati huzurida tashkil etilgan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha doimiy shtab faoliyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Vujudga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishligi bo‘yicha mahalliy hokimiyatga hamda Qonunchilik palatasi deputatiga o‘z vaqtida murojaat qilinmoqda.

Ta'kidlash lozimki, Jomboy tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan shtab kechayu-kunduz samarali faoliyat olib bormoqda. Shtabda internet tarmog‘i va telefonlar uzluksiz ishlab turibdi, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha muammolar mutaxasislar tomonidan darhol bartaraf etilmoqda, anomal sovuq oqibatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish