Nukus va Beruniyda “mehr-saxovat” aksiyasi davom etmoqda
Nukus va Beruniyda “mehr-saxovat” aksiyasi davom etmoqda

 

Shu kunlarda yurtimizda qishning qirovli, ayozli kunlari barchamizni sinovdan o‘tkazmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari X. Yеshimbetov va partiya mas'ul xodimlari tomonidan “mehr-saxovat” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasida noqulay ob-havo sharoitiga qaramay el xizmatiga doimiy kamarbasta bo‘layotgan obodonlashtirish korxonasi va elektr ta'minoti xodimlari holidan xabar olindi.

Xuddi shunday tadbir O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Beruniy tumani Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a'zosi S.Imamova, Respublika ma'naviyat va marifat markazi Beruniy tumani bo‘limi tomonidan ham o‘tkazildi.

Loyiha doirasida obodonlashtirish, elektr va gaz ta'minoti xodimlariga sovuqda salgina iliqlik berish maqsadida issiq qaxva, bulochka va qo‘lqoplar tarqatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish