Poytaxtimizda xayriya tadbirlari davom etmoqda

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eshmetova Nigora Asomidinovna tomonidan, yurtimizda kechayotgan qahraton qish sharoitida sovuqda kecha-yu-kunduz ishlayotgan obodonlashtirish xodimlarining mehnatini qadrlash hamda o‘zi saylangan 50-Minor saylov okrugi hududidagi MFY lardagi kam ta'minlangan, nogironligi bor, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan bir guruh fuqarolarning holidan xabar olish maqsadida xayriya tadbirlari amalga oshirildi.

Xususan, poytaxt ko‘chalarida mehnat qilayotgan ishchi xodimlarga issiq choy, tushlik tashkil qilinib, kam ta'minlangan oilalar xonadonlarida bo‘lindi.

Bu kabi xayriya tadbirlari poytaxtimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish