O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashidagi 7-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati, OMQP deputati vakili Mamadiyorov Luqmonjon tomonidan tumandagi “Abziyat” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda deputat xotin-qizlarning jamiyat tarixidagi va bugungi kundagi o‘rni, milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida oilalarni saqlab qolish, farzandlar tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgan, chet elga chiqib ketayotgan xotin-qizlarimizning taqdiri, o‘z-o‘zini band qilish orqali oilasiga nafi tegayotgan tadbirkor xotin-qizlar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Davra suhbati davomida xotin-qizlar gaz ta’minoti va ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha e’tirozlar bildirishdi. Deputat ushbu muammolar tumandagi mas’ul korxonalar vakillari bilan birgalikda o‘rganib chiqilishi hamda bartaraf etilishini bildirdi.