Bandlik masalasida huquqiy maslahatlar berildi
Xalq deputatlari Xiva tuman kengashi deputati Gulzoda Sattarova o‘zi saylangan “Pishkanik” mahallasida bo‘lib, ayollar bilan uchrashdi.
Ularning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi, muammolarini o‘rgandi. Ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida gaplashib, zarur maslahatlar berdi.
Tomorqa yeri bilan shug‘ullanish, fermerlik bilan shug‘ullanish, issiqxona tashkil etish bo‘yicha xotin-qizlarimiz bandligini ta’minlash maqsadida banklardan imtiyozli kreditlar olish mumkinligini tushuntirdi.