Faxriylarga e’tibor

 

Yurtimizda qariyalarga e’tibor, ularga ko‘rsatiladigan ehtirom, hurmat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan qadriyat sifatida ulug‘lanadi. Xususan, O‘zXDP mahalliy Kengashlari deputatlari ham yoshi ulug‘ keksalarga doimo g‘amxo‘rlik qilib keladi.

Toshkent shahar XDP Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi, shahar faxriylar kengashi bilan hamkorlikda tumanda istiqomat qiluvchi ikkinchi guruh nogironi, hech kimsasi yo‘q (yolg‘iz yashovchi) mehnat faxriysi Valentina Bogdasarovani talab qilinadigan hamma hujjatlarini yig‘ib, ijtimoiy xizmatlar agentligiga biriktirdilar.

Shu bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tuman XDP xodimlari V. Bogdasarovaning holidan doimiy ravishda xabar olib turishadi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish