"Onalik va bolalik muhofazasi" loyihasi amalda

 

O‘zXDP Kogon shahar kengashi tomonidan “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” loyihasi asosida "Arabxona" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi 45 nafar xotin-qizlar uchun Kogon shahar ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda malakali tibbiyot xodimlari tomonidan xotin-qizlar bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazildi. 8 nafar ayolga bepul dori-darmon tarqatildi.

Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot xodimlari tomonidan oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida suhbatlar o‘tkazildi. Kerakli yo‘l-yo‘riqlar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish