Navoiy yodi bilan yashaymiz mudom
Navoiy yodi bilan yashaymiz mudom

 

O‘zXDP Xonqa tuman kengashi tomonidan tuman axborot kutubxona markazida o‘quvchi yoshlar ishtirokida Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan “Navoiy yodi bilan yashaymiz mudom” mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman partiya kengashi raisi Feruz Vaisov shoir ijodidagi insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunimizda ham dolzarbligini yo‘qotmagani haqida ma’ruza qildi. Xonqa tuman axborot kutubxona markazi rahbari, partiyamiz faoli Hadicha Avezova shoir ijodi bilan bog‘liq ko‘plab asarlar yoshlarimizning dunyoqarashini boyitishda muhim manba bo‘layotganligini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirok etgan tumanning 17-, 19-maktab o‘quvchilari A. Navoiy qalamiga mansub g‘azallarni yod o‘qishdi. Sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Ulug‘ shoirga ehtirom ramzi bo‘lgan ushbu tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish