Yoshlar muammolarini o‘rganamiz
Yoshlar muammolarini o‘rganamiz

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Matniyazova Aysha Ataniyazovna ishtirokida “Yoshlar muammolarini o‘rganamiz” loyihasi o‘tkazildi.

Maqsad yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, keng ko‘lamli ishlar, yurtboshimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini xalq orasida targ‘ib qilish, yoshlarni turli tahdidlardan, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan asrash uchun tushuntirish ishlarini olib borishdir.

Qirqqiz saylov okrugidan saylangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Matniyazova Aysha Ataniyazovna 45-sonli umum ta’lim maktabida bo‘lib, "Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan asraylik" degan g‘oya ostida o‘quvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.

Targ‘ibot tadbirida din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi bosh mutaxassisi S. Sa’dullayev ishtirok etib, yoshlarni turli tahdidlardan asrash har birimizning burchimizdir degan mavzuda ma’ruza qildi. Tadbirda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish