Bir yillik faoliyat tahlil etildi
Bir yillik faoliyat tahlil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashida 2022 yil yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan ijroiya qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda Qashqadaryo viloyat partiya tashkilotlari hamda deputatlik guruhlarining 2022 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturida 64 ta masalani ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Bir yil davomida 62 masala partiya guruhlarida, 62 masala doimiy komissiyalarda hamda shundan 44 masala sessiyalarda ko‘rilgan. Bu ishlarda xalq deputatlari Qarshi shahar, Kasbi, G‘uzor, Muborak, Nishon va Yakkabog‘, Shahrisabz tumanlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishmoqda. Lekin xalq deputatlari Shahrisabz shahar va Qamashi tumanlarida birorta ham masala sessiyaga kiritilmadi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, Jamoatchilik qabulxonalari hamda tuman va shahar partiya tashkilotlarini moliyaviy barqarorligi masalalariga oid vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Ijroqo‘mda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashining 2023 yilga mo‘ljallangan Ish rejasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda Qashqadaryo viloyat tashkilotlari hamda deputatlik guruhlarining 2023 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturida belgilangan vazifalarni joriy yilning 20 dekabr sanasiga qadar to‘liq bajarish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek yig‘ilishda viloyat partiya tashkiloti faoliyatiga oid boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish