Ajdodlar ruhi mangu barhayot
Ajdodlar ruhi mangu barhayot

 

Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 581 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 203-o‘rta maktabda "Ajdodlar ruhi mangu barhayot" shiori ostida g‘azalxonlik va ruboiyxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar deputati Muxtor Ilhomov ishtirok etgan tadbirda ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi haqida atroflicha firk-mulohazalar bildirildi. Bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurlari bilan yo‘g‘rilganligi ta’kidlandi.

"Uch avlod" uchrashuvi xam qo‘shib o‘tkazilgan kechada yoshi ulug‘ insonlar ibratli hayot yo‘llari haqida so‘zlab berishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish