Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar taqdirlandi
Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar taqdirlandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Ellikqal’a tuman kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tumani bo‘limi rahbari Matniyazova Aysha Ataniyazovna tomonidan "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman Kengashi majlislar zalida hozirgi kunda ilmiy ishlar bilan band xotin-qizlar ishtirokida "Ma’rifatli ayollar – jamiyatimiz tayanchi" mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda ilm-fan, ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz-o‘qituvchilar o‘zlarining tajribalari haqida so‘zlab berdilar.

Yakunda eng faol ustozlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tumani bo‘linmasi tomonidan qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish