Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan 24-oilaviy poliklinikada “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida davra suhbati va poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston XDP faoli, 24-oilaviy poliklinika bosh shifokori Fayziyeva Ra’no O‘tkurovna poliklinika yangi ta’mirdan chiqqanligi va zamonaviy jihozlanganligi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlarga ega ekanligi haqida gapirar ekan, 120 xil bepul dori darmonlar tarqatilayotganligi, xalqimiz uchun bepul skrining amaliyoti olib borilayotganligidan aholi, ayniqsa, onalar juda minnatdorligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, poliklinikada kunduzgi bepul statsionarlar, mahallalarda “Salomatlik maktablari” tashkil qilingan.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Toshkent shahar hamda Uchtepa tuman kengashlari mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari ham ishtirok etib, tibbiyot xodimlari va xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar, ularning muammolari, taklif, fikr va mulohazalari eshitildi.

Loyiha doirasida 43 nafar xotin-qizlar va bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasalligi aniqlanganlarga davolanish uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish