Eng faol deputat aniqlandi

 

O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi tomonidan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Deputatlar siyosiy hozirjavoblik, aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan loyiha taqdimoti va o‘zlari sevgan mashg‘ulotlardan namunalar ko‘rsatib o‘zaro bellashishdi. Tanlov Nizomi bo‘yicha barcha shartlar yakuniga ko‘ra, tumandagi 7-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputat Mamadiyorov Luqmonjon Qarshiyevich g‘olib deb topilib, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Qolgan ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha tuman partiya Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish