Aholi bilan muloqot
Aholi bilan muloqot

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova o‘z saylov okrugiga tashrif buyurib, saylov okrugidagi mavjud infratuzilmalarni o‘rganish, sohalar faoliyati barqarorlashuviga to‘siq bo‘layotgan muammolarni tahlil etish va ularga yechim bo‘ladigan tizimlarni ko‘rib chiqish, aholi bilan muloqot qilish va ularning murojaatlarini eshitib, bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Shu o‘rinda Dilorom Imomova Shahrisabz tumanida elektr energiyasini ta’minlash va energiyadagi yetishmovchilikni qoplash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, bandlik dasturi ijrosi, kasanachilikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar 2023-yilda yo‘l, suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi bilan atroflicha tanishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish