Xorazmda deputatlar bellashuvi

 

O‘zbekiston XDP Yangiariq tuman kengashi hamda deputatlik guruhi tomonidan "O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

"Inson qadri uchun" shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda ishtiroklar o‘zlarining siyosiy-huquqiy jihatdan bilimdonligi, hozirjavobliklarini namoyish etishdi. 1-o‘ringa 6- Qo‘ng‘irot saylov okrugidan deputat Qo‘chqorova Barno Ibodullayevna loyiq deb topilib, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani ko‘lga kiritdi.

Shuningdek, "Eng faol deputat" nominatsiyasida Abdullayev Baxtiyor Olimovich, "Tashabbuskor deputat" nominatsiyada Qo‘chqorova Barno Ibodullayevna, "Eng shijoatli yosh deputat" nominatsiyasida Jabbarov Azizbek Ahmedjonovich g‘alaba qozonib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish