Farovonlikni ta’minlashda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish zarurati va vazifalar
Farovonlikni ta’minlashda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish zarurati va vazifalar

 

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ayni jarayonda infratuzilma xizmatlari – elektr va tabiiy gaz ta’minoti barqarorligiga erishish, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, ichki va xalqaro miqyosdagi yo‘llarni zamonaviy mezonlar asosida ta’mirlash ustuvor ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Aholining yillar davomida to‘planib qolgan muammolari o‘z yechimini topmoqda. Shu kabi ishlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazidan tortib, eng chekka va olis hududlarda ham aholi farovonligiga xizmat qiluvchi hayotbaxsh dasturlar amalga oshirilmoqda.

“2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha joriy yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga davlat budjetidan 4 trillion so‘m ajratilishi Prezident farmoni bilan tasdiqlandi.

Bunda tashabbusli budjet amaliyotini hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 8 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, 2023 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m ajratiladi.

Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha dolzarb o‘n kunlik doirasida joylarda deputatlar o‘zi saylangan saylov okrugida uyma-uy yurib, targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Hususan, Beruniy tumani “Turon” MFY hududida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, shu jumladan 31 ta xonadonga subsidiya va imtiyozli kredit asosida qurib berilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishdilar va ularda ekin ekish ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, Beruniy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 13 ta beton ustunlar o‘rnatilib, elektr uzatgich simlarini tortish ishlari olib borilmoqda va yangi transformator qo‘yish ko‘zda tutilgan. Ushbu masala deputat so‘rovi yuborilishi orqali ijobiy hal etilmoqda. Shuningdek, “Saraykul”, “Palvash”, “U. Jumaniyazov” MFY, “Shobboz”, “Sarkop” OFY hududlaridagi ko‘chalarni ta’mirlash, qum shag‘al aralashmasi va asfalt tushash ishlari olib borilmoqda.

Bu olib borilayotgan ijobiy ishlardan xalqimiz o‘z roziligini bildirmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish