O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan “O‘zbekiston XDPning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
“Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida o‘tayotgan ko‘rik-tanlovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R. Saparbayev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichini baholab borish uchun 5 nafar hakamlar hay’ati a’zolari va 3 kishidan iborat sanoq komissiyasi tashkil etildi. Qatnashchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashib, o‘z bilimlar va tajribalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Hakamlar hay’atining baholash natijasi bo‘yicha 11-sonli “Ajiniyaz” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi deputati Qabilbek Jaliyev birinchi o‘rinni egalladi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.