Andijonda deputatlari bellashuvi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichi Andijon viloyati Axborot kutubxona markazi zalida o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini viloyatdagi partiyaning hamkorlari bo‘lgan turli tashkilot va muassasalarda ishlovchi xolis hakamlar baholab bordi.

Tanlovda shahar, tumanlar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 10 nafar deputat ishtirok etdi. Murosasiz, qiziqarli o‘tgan tadbirda xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi xodimi Sardor Qosimov birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning 1-darajali diplomi bilan taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish