Qonunchilik yoshlar nigohida
Qonunchilik yoshlar nigohida

 

Xalq deputatlar Nishon tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi X. Davronov hamda tuman partiya kengashi Yoshlar qanoti hamkorligida tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Mamlakat rivojidagi istiqbolli vazifalar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda partiya faollari, targ‘ibotchilar va ziyolilar ishtirok etdi.

Muloqotda xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash, yoshlarni bilimli qilish, o‘qituvchi va professorlarning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, inson qadrini yuksaltirish kabi mavzularda suhbatlashilib, ma’lumotlar berildi.

Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti S.Murtazoyeva va viloyat yuridik texnikumi direktori R. Abdullayevalar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va yoshlarning savollariga javoblar berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish