Ayollar bandligi oilalar farovonligidir
Ayollar bandligi oilalar farovonligidir

 

Xotin-qizlar o‘zini-o‘zi band qilish orqali jamiyatga, oilasiga foyda keltirishmoqda.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi partiya guruhi a’zosi S. Abdiyev hamda Qarshi tuman partiya kengashi raisi Z. Azizovalar ishtirokida tumandagi “Kaxlak” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar bandligi oilalar farovonligi” loyihasi asosida sayyor qabul uyushtirildi.

Qabulda mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi. Xususan, loyiha doirasida fuqaro Karimova Almiraga kasanachilikni boshlashi uchun mahalladagi bo‘sh turgan binolardan 2 xona ajratib berildi. Endilikda kasanachi tadbirkor ayol xonadonlar uchun ko‘rpa-to‘shak tikish ishlarini shu joyda davom ettiradi.

Yana bir “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqaro Tursunova Mohigulga kredit asosida tikuv mashinasi, mahalladagi bo‘sh turgan binodan xona ajratilib, tikuvchilik ishlarini boshlashiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish